E'LON

E'LON

Bo'sh ish o'rni - vakant

RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI MARKAZI (RTTM) BOSHLIGʻI:
· Boʻlimning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
· Filialdagi mavjud kompyuter texnologiyalarining dasturlarini toʻgʻri ishlashini nazorat qilish;
· Kompyuterlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;
· Filial kompyuter zahirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib borish;
· Filialdagi elektron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilib borish;
· Internet tarmog‘iga ulanish yuzasidan provayderlar bilan tegishli tartibda shartnomalarni rasmiylashtirish yuzasidan filial rahbariyatiga takliflar kiritish;
· Filialning masofaviy oʻqitish boʻyicha olib boriladigan barcha ishlariga rahbarlik qilish hamda masofaviy oʻqitishni tashkil etish boʻyicha mahalliy va chet el oliy oʻquv yurtlari bilan aloqalar oʻrnatish;
· Filial lokal tarmogʻiga portal boʻyicha jami ma’lumotlarni kiritish va tahlil etish.
· Filialning ichki tartib-qoidalari va odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
· Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining OTMlar faoliyati bo‘yicha elektron platformalariga Filial haqidagi ma’lumotlarning kiritilishini ta’minlash;
· Filial Hemis platformasining ishlab turishini ta’minlash;
· Filial Hemis platformasini Superadmin sifatida boshqarish;
· Filial Hemis platformasiga kiritilgan o‘qituvchilar va talabalarning login parollarini berish;
· Hemis platformasida yuzaga keladigan xatoliklarni bartaraf etilishini ta’minlash;
Bilishi kerak:
· Markaz faoliyatiga tegishli Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, filial Direktori buyruqlarining mohiyatini bilishi.
Malaka talablari:
· Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur boʻlgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va koʻnikmalarga;
· Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega boʻlish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega boʻlishi;
· Oliy ma’lumotga ega boʻlishi;
· Yoʻnalishi boʻyicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega boʻlishi zarur.