Sog‘lom tanda — sog‘lom aql: Ustozlar sport maydonida!

Sog‘lom tanda — sog‘lom aql: Ustozlar sport maydonida!

Chorshanba - "Sport kuni" munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali direktori N.Yuldashov, xodimlar hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.

Musobaqa nafaqat jismoniy chiniqish, balki jamoada ahillik, do‘stona muhit va sog‘lom raqobat ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Sport nafaqat salomatlik garovi, balki ish unumdorligini oshiruvchi asosiy omildir.