Direktor tabrigi

Direktor tabrigi

Hurmatli hamkasblar, qadrli professor-o‘qituvchilar va aziz talaba-yoshlar!

Sizlarni va oila a’zolaringizni musulmon olamining ulug‘ bayrami — muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Ushbu shukuhli ayyom o‘zining ezgulik, saxovat, mehr-oqibat va hamjihatlik kabi olijanob fazilatlari bilan barchamizga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi. Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yoshlarimizning ilm-fan cho‘qqilarini zabt etish yo‘lidagi sa’y-harakatlari aynan shunday pok niyatli va ezgu bayramlarimizning ruhi bilan uyg‘unlashib bormoqda.

Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, oilaviy xotirjamlik tilayman. Ezgu maqsadlar sari tashlayotgan qadamlaringiz bardavom, ilm yo‘lidagi zahmatli mehnatlaringiz samarali bo‘lsin.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat va ehtirom bilan,
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali direktori, professor
Yuldashov Nurbek Ergashovich