- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Filial talaba-yoshlarining ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularni vatanparvarlik va milliy g‘urur ruhida tarbiyalash maqsadida poytaxtimiz markazidagi muhtasham Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamda Amir Temur hiyoboniga ma’rifiy tashrif tashkil etildi.
Tashrif davomida talabalar Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar davriga oid noyob eksponatlar, tarixiy qo‘lyozmalar va o‘sha davrning madaniy yutuqlari bilan yaqindan tanishdilar. Muzey xodimlari tomonidan berilgan ma’lumotlar yoshlarda buyuk ajdodimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi haqida boy taassurot qoldirdi.
Muzey ekskursiyasidan so‘ng talabalar Amir Temur hiyobonida bo‘lib, Sohibqiron haykali poyiga hurmat bajo keltirdilar. Bunday tadbirlar yosh avlodning o‘z o‘tmishiga bo‘lgan qiziqishini oshirishda va tariximizni qadrlashda muhim ahamiyat kasb etadi.