Talaba-yoshlarning madaniy meros ob’ektlariga tashrifi tashkil etildi

Talaba-yoshlarning madaniy meros ob’ektlariga tashrifi tashkil etildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali talabalari ishtirokida Toshkent viloyatida joylashgan qadimiy Zangiota ziyoratgohiga ma’rifiy tashrif uyushtirildi. 

Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, ularni ona vatanga muhabbat va ajdodlar merosiga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etildi. Ziyorat davomida talabalarga majmuaning bunyod etilish tarixi va uning xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Bunday tadbirlar talabalarning dunyoqarashini kengaytirish bilan birga, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Foydali manzillar