- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Filialda O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha o‘zining mazmunan boyligi va samimiy ruhi bilan barchani xursand qildi.
Shoirning rafiqasi Hanifa aya Oripova hamda taniqli shoir va jamoat arbobi Bobur Bobomurodning ishtiroki bo‘ldi. Hanifa aya talabalarga Abdulla Oripovning hayot yo‘li, ijodiy jarayonlari va insoniy fazilatlari haqida qimmatli xotiralarini so‘zlab berdi. Shoir Bobur Bobomurod esa ustoz san’atkorning o‘zbek she’riyatiga olib kirgan yangiliklari va o‘ziga xos maktabi haqida to‘xtalib, o‘zining dilbar she’rlaridan namunalar o‘qidi.
Talabalar tomonidan ijro etilgan shoir she’rlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Bunday uchrashuvlar yosh avlod uchun nafaqat adabiy bilim berish, balki ularning ma’naviy dunyosini boyitishda hamda buyuk ajdodlar merosiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.