Adiblar xiyobonida navbatdagi tadbir

Adiblar xiyobonida navbatdagi tadbir

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida belgilangan reja-jadval asosida Berdaq haykali poyida ma’naviy-ma’rifiy hamda sport tadbirlari tashkil etildi.

Mazkur tadbirda filialning Iqtisod fakulteti talabalari faol ishtirok etib, dastlab Berdaq hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar tashkil etildi. Talabalar tomonidan buyuk adibning boy adabiy merosi, xalqparvarlik g‘oyalari va yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tadbir ko‘tarinki ruhda, yuqori saviyada tashkil etilib, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.


Foydali manzillar