- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida buyuk sarkarda va davlat arbobi, sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Amir Temur — faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Sohibqironning jahon tarixida tutgan o‘rni, markazlashgan davlat barpo etishdagi xizmatlari hamda “Temur tuzuklari” asarining bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Amir Temurning “Kuch — adolatdadir” degan olijanob tamoyili bugungi islohotlarimizning ham asosini tashkil etayotganini ta’kidlab o‘tdilar.
Talabalarning tarixiy bilimlari boyitildi, ularda milliy o‘zlikni anglash va buyuk ajdodlar bilan faxrlanish tuyg‘usi mustahkamlandi. Bunday tadbirlar yoshlar qalbida vatanparvarlik va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘usini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.