Rahbar va yoshlar uchrashuvi: Aprel — sog‘lomlashtirish va sport oyligi

Rahbar va yoshlar uchrashuvi: Aprel — sog‘lomlashtirish va sport oyligi

Filialda navbatdagi “Rahbar va yoshlar kuni” munosabati bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbirda filial rahbariyati yoshlarni yurtimizda aprel oyi davomida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish oyligida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Uchrashuv davomida filial rahbari talaba-yoshlarga murojaat qilar ekan, salomatlikni mustahkamlashda jismoniy faollikning o‘rni beqiyos ekanligini alohida ta’kidladi. Xususan, “Aprel – sog‘lomlashtirish va sport oyligi” doirasida filialda tashkil etiladigan barcha sport musobaqalari, ommaviy yugurish va sog‘lomlashtirish aksiyalari haqida ma’lumot berildi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va sport tadbirlarida faol ishtirok etishga kelishib olindi.


Foydali manzillar