Ayol professor-o‘qituvchilar sport maydonida!

Ayol professor-o‘qituvchilar sport maydonida!

Filial Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi tashabbusi bilan ayol professor-o‘qituvchilar va xodimalar o‘rtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi tashkil etiladi.

Vaqti: 28-fevral, soat 10:00
Manzil: Sport zal (Filial bosh binosi)

Mazkur sport tadbiri xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik va birdamlikni kuchaytirish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Yurtimizda xotin-qizlar sporti bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Har yili mamlakatimizda turli sport turlari bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida musobaqalar, spartakiadalar va sog‘lomlashtirish dasturlari tashkil etilib, ularning jismoniy faolligini oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish shular jumlasidandir.

Barcha ishtirokchilar sport formasida bo'lishi so'raladi.


Foydali manzillar