- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Filialning Veterinariya meditsinasi fakultetida 1 haftalik korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida o‘quv kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi.
O‘quv kurslari davomida talabalarga korrupsiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri, uning oldini olishning huquqiy va ijtimoiy mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ma’ruzachilar talabalar bilan hayotiy misollar orqali korrupsiyaning turli ko‘rinishlari va uning oqibatlari haqida so‘z yuritib, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga ko‘maklashdilar.
Kurs yakunida ishtirokchilarning faolligi va bilimlarini baholash maqsadida test sinovlari o‘tkazildi. Saralashdan o‘tgan barcha talabalarga ularning ushbu muhim mavzu bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi.