Doktorantura bo'yicha muhim savollar

Doktorantura bo'yicha muhim savollar

❇️❇️❇️DOKTORANTURA_MUHIM_SAVOLLAR

 ⏰ Ma'lumki har yili 15-sentabrdan 15-oktabrgacha respublikadagi OTM va ITM larda tayanch doktorantura (PhD)  va doktoranturaga (DSc)  o‘qishga qabul qilish jarayonlari o‘tkazilishi barobarida, talabgorlarda qabul jarayoniga oid savollar tug‘ilmoqda

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son Qaroriga ko‘ra (https://www.lex.uz/acts/3213410)  va Oliy ta'limdan keyingi Nizom (http://phd.mininnovation.uz/Home/Nizom) ga ko‘ra quyidagilar belgilangan  

tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da'vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta'limdan keyingi ta'lim shakli;

doktorantura — fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da'vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta'limdan keyingi ta'lim shakli;

❗️❗️tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar ilmiy tashkilot yoki ta'lim muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

▶️ ariza;
▶️ qisqacha biografik ma'lumotnoma;
▶️mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
▶️ oliy ta'lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma'lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

▶️ falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma'ruza tezislariga ega bo‘lganlar.
(http://phd.mininnovation.uz/Home/Xujjatlar_royxati)

‼️Bir necha talabgorlarning stajyor-tadqiqotchilikka, tayanch doktoranturaga va doktoranturaga kirish imtihonlari yoki suhbat natijalari bo‘yicha ular tomonidan to‘plangan yakuniy ballari teng bo‘lgan taqdirda quyidagi talabgorlarga ustunlik beriladi: 

a) stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturaga (PhD):
magistraturani a'lo baholar bilan tamomlaganlar;
mualliflik guvohnomalari va patentga ega bo‘lganlar;
jurnallarda, shu jumladan xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etganlar;

b) doktoranturaga (DSc):
5 yildan ortiq ilmiy-pedagogik stajga ega bo‘lganlar;
mualliflik guvohnomalari va patentga ega bo‘lganlar;
(http://phd.mininnovation.uz/Home/Nizom)

✅✅ Demak, yuqorida keltirilgan Vazirlar Mahkamasining  Qarori va Nizomga ko‘ra tayanch doktoranturaga (PhD) ga kirish uchun kamida bitta ilmiy maqola (mahallliy yoki xorijiy ilmiy jurnalda nashr etilgan ilmiy ish) va ikkita tezis (mahalliy yoki xorijiy konferensiyalarda) bo‘lish talabi borligi tushuniladi.

 ❗️Mabodo talabgorlarning natijalari teng bo‘lib qolgan holda talabgorlarning xorijiy jurnallardagi maqolalar soni va nufuzi (mahalliy OAK, impakt faktorli, Scopus yoki Web of Science), patent hamda mualliflik guvohnomalari inobatga olinadi.

Ilmiy bo‘limlar OAK jurnali yo impakt faktorli jurnaldagi maqola talabini qo‘ygan bo‘lsa, albatta bu Sizning foydangiz uchun ekan, ya'ni, natijalar teng bo‘lib qolsa ustunlik Sizda bo‘ladi!

⚡️ Joriy yilda doktorantura imtihonlari an’anaviy (oflayn) tarzda oʻtkaziladi

Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati maʼlumotiga ko‘ra (https://telegra.ph/2022-jil-uchun-stazhyor-tad%D2%9Bi%D2%9Botchilik-tayanch-doktorantura-doktorantura-va-ma%D2%9Bsadli-doktoranturaga-%D2%9Babul-masalasi-09-24), bu yilgi imtihonlar onlayn emas, odatdagidek an’anaviy (oflayn) tarzda boʻlib oʻtadi. 

Doktoranturaga kirish imtihonlari va suhbat jarayonlarini video kuzatuv ostida (to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya) oʻtkazish choralari koʻriladi.

⛔️ Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari boʻyicha topshiriladigan birinchi fan (mutaxassislik yoki chet tili) umumiy balining 50 foizidan kam ball toʻplagan talabgorlar keyingi bosqichga oʻtkazilmaydi.
〰️〰️〰️〰️
#FAQ

❓Bir tayanch doktorant oʻz yoʻnalishidan boshqa yoʻnalishga «perevod» qilishi mumkinmi?

✅ Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlaridagi savollar bir ixtisoslikdan boshqa ixtisoslikka toʻgʻri kelmaganligi sababli koʻchirish mumkin emas.
〰️〰️〰️〰️
❓Mustaqil tadqiqotchi boʻlgan izlanuvchi tayanch doktoranturaga oʻqishga topshirishi mumkinmi?

✅ Normativ-huquqiy hujjatlarda mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirilgan shaxs tayanch doktoranturaga hujjat topshirishi mumkinligi va mumkin emasligi toʻgʻrisida normalar berilmagan. Shu munosabat bilan, hujjat topshirishda mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirilgan ilmiy yoki ta’lim tashkilotlarining ruxsatiga asosan topshirish maqsadga muvofiq.
〰️〰️〰️〰️
❓Stajyor tadqiqotchilikda oʻqiyman. Ilmiy maqolalarim, ilmiy ishim ancha oldinlagan. Doktoranturaga kirishga menda imtiyoz bormi? 

✅ Stajyor tadqiqotchilik ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli hisoblanib, ushbu shaklda oʻqigan shaxsga hech qanday imtiyoz berilmaydi.

Foydali Manzillar