Zooinjeneriya, iqtisodiyot,buxgalteriya hisobi va audit fakulteti

Zooinjeneriya, iqtisodiyot,buxgalteriya hisobi va audit fakulteti

 

Zooinjeneriya, iqtisodiyot,buxgalteriya hisobi va audit fakultet dekani

Kuchchiyev Oxunjon Razzoqovich

Qishloq xo‘jalik fanlar nomzodi(2007), dotsent.

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

Tel: (998 97) 455-00-67

Faks: (998 70) 975-83-11

E-mail

Qabul vaqti: Har kuni: 08:00-16:00

Qisqacha ma'lumot:

O.R. Kuchchiyev 1967 yilda Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida tug‘ilgan

1995 yil Toshkent Davlat Agrar Universitetini”Zoomuhandislik” yoʻnalishini tamomlagan

1996 1999 yillarda Toshkent DAUni kunduzgi bo‘lim aspiranturasida tahsil olgan.

2007 yilda“Qishloq xo‘jalik hayvonlarini urchitish va genetikasi seleksiya“ ixtisosligi bo‘yicha “Turli genotipdagi qoramollarni juftlashdagi yoshining avlodlari mahsuldorligiga va ayrim biologik xususiyatlariga ta’siri” mavzusida ilmiy ish qilgan, ilmiy darajaga ega dotsent.

O.R. Kuchchiyev bugun kunga qadar 2 ta monografiya, 40 dan ortiq ilmiy ishlar, 2 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma va 2 ta oʻquv qoʻllanma muallifi.

Bugungi kunda oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini klasterli yondashuvlar asosida innovatsion rivojlantirish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Ilmiy va pedagogik mehnat faoliyati:

1984-1986 yy.- Qibray tumani Qizil shalola eksperimental bazasi ishchisi

1986-1988 yy.- Harbiy xizmat

1988-1989 yy.- Qibray tumani Qizil shalola eksperimental bazasi osemenatori

1989-1990 yy.- Toshkent davlat Agrar universiteti tinglovchisi

1990-1995 yy.- Toshkent davlat Agrar universiteti talabasi

1995-1996 yy. - Toshkent davlat Agrar universiteti yoshlar ittifoqi qo‘mitasi kotib o‘rinbosari

1995-1998 yy.- Toshkent davlat Agrar universiteti aspiranti

1999-2005 yy.- Qibray tumani Qizil shalola eksperimental bazasi firma rahbari

2005-2005 yy.- Qibray tumani Qizil shalola eksperimental bazasi bosh zootexnigi-direktor o‘rinbosari

2005-2006 yy. - Toshkent davlat Agrar universiteti o‘rta maxsus kasb-xunar ta’limi muassasalari bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i

2006-2010 yy.- Toshkent davlat Agrar universiteti Zootexniya kafedrasi assistenti

2010-2011yy.- Toshkent davlat Agrar universiteti Zootexniya kafedrasi katta ilmiy xodim-izlanuvchisi

2011-2014 yy. – Toshkent davlat Agrar universiteti Zootexniya kafedrasi dotsenti

2014 -2017 yy. – Toshkent davlat Agrar universiteti Veterinariya kafedrasi dotsenti

2017-2018 yy. – Toshkent davlat Agrar universitetining Zootexniyaka fedrasi dotsenti

2020 yildan.- Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali. Zooinjeneriya,iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va audit fakultet dekani

Ilmiy yoʻnalishlari:

- fakultetda ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirishda klasterlik yondashuvlarga asoslangan taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini tashkil etish;

- fakultetda oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati, strategik omillarini va prinsiplarining nazariy asoslarini takomillashtirish.

- fakultet o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-uslubiy ishlarga bevosita rahbarlik qiladi;

- fakultetdagi mavjud bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha zarur normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etadi;

- fakultet Kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi;

- fakultet boshqaruv kadrlari zahirasini yaratish, tayyorlash va o‘qitishni amalga oshiradi;

Lavozimdagi asosiy vazifalari:

- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

- Davlat taʼlim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;

-Fakultet tarkibiy tuzilmasidagi barcha kafedralar muvofiqlashtirish, boshqarish, fakultetning kafedra mudirlik lavozimlariga munosib kadrlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;

-o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzishga o‘quv- uslub boshqarmasi bilan birgalikda rahbarlik qiladi, uning bajarilishini nazorat qiladi, talabalar davomati uchun mas’ul hisoblanadi;

-talabaning mustaqil ishi, shuningdek ularning bilimini reyting tizimi asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etadi;

-talabalarni kursdan kursga o‘tkazish, talabalar safidan chetlatish, davlat attestatsiyasiga va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishga kiritish, akademik ta’til berish va stipendiya tayinlash to‘g‘risidagi buyruq loyihalarini tayyorlaydi, fakultetda xorijiy talabalar mavjud bo‘lgan hollarda, ular bilan ishlashni institutning xalqaro bo‘limi bilan kelishilgan holda amalga oshiradi;

-talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etadi, iqtidorli talabalarni aniqlaydi, ularni tadqiqotlarga jalb etadi, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatadi, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratadi;

-iqtidorli talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, nomli stipendiyalar, “Iste’dod” jamg‘armalari, fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadalar va boshqa tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni tashkil etadi;

-katta ilmiy xodim va mustaqil tadqiqotchi xodimlarni ilmiy tadqiqot institutlari orqali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni tashkil etadi, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, alohida o‘rnak ko‘rsatganlarni turli tanlovlarda ishtirok etishi uchun tavsiya etadi;

-fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning fan bo‘yicha, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, chet tilini o‘rganish va kompyuter savodxonligi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etadi;

-“Yilning eng yaxshi fakulteti” uchun o‘tkaziladigan ko‘rik tanlovda fakultet ishtirokini tashkil etadi va shaxsan mas’ul bo‘ladi;

-fakultet Kengashiga rahbarlik qiladi, kafedralararo yig‘ilishlar, ilmiy-uslubiy konferensiyalarni (shu jumladan, xorijiy mutaxassislar ishtirokida) tashkil etadi;

-institutning marketing xizmati bilan hamkorlikda korxona va muassasalarning fakultet chiqarayotgan malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadi, fakultetni tamomlagan kadrlar bilan aloqa o‘rnatadi, ularning amaliy ishlari sifatini tahlil qiladi;

-pedagog kadrlar, talabalar hamda ilmiy axborotlar bilan o‘zaro almashish maqsadida boshqa turdosh ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatadi;

-ta’lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirishga javob beradi, byujetdan tashqari mablag‘larni topish va ulardan o‘quv maqsadlarida foydalanishni amalga oshiradi;

-fakultet ixtisosligi bo‘yicha xalq xo‘jaligida (asosan qishloq xo‘jaligi bo‘yicha) band bo‘lgan oliy ma’lumotli mutaxassislarning malaka oshirishini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatadi;

-o‘z vakolati doirasida, fakultetning o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun majburiy bo‘lgan farmoyish, yo‘riqnoma yoki ko‘rsatmalar chiqaradi;

-ta’lim mazmunini mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlari asosida shakllantiradi;

-ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillardan biri bo‘lgan axborot-resurs manbalari bazasini kengaytirish choralarini ko‘radi;

-ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor ilmiy-tadqiqotlarni rejalashtiradi va istiqbol rejalarni tuzadi;

-talabalar turar joyida ma’naviy-ma’rifiy ishlarga rahbarlik qiladi, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda foydali mehnat mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar tashkil etadi, talabalarni har xil norasmiy oqimlarga qo‘shilib qolishlarining oldini oladi;

-vazirlik talablari asosida talabalarning haftalik o‘quv yuklamalari va mustaqil ish soatlari hajmini o‘qitiladigan fanlar tizimiga muvofiqlashtiradi;

-talabalar orasida o‘quv intizomini va davomatini yaxshilash, ular faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amaliyotga tadbiq qiladi;

-fakultet jamoasi va talabalari orasidagi rasmiy va norasmiy munosabatlarda o‘zaro ishonch va hurmat, samimiylik hamda mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantiradi;

-o‘quv-tarbiya tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etilishini nazorat qiladi;

-fakultet ilmiy-uslubiy kengashi qoshida ustozlar tajribasini o‘rganish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va malaka oshirib kelgan professor-o‘qituvchilarning hisobotlarini muhokama qilish bo‘yicha seminarlar tashkil etadi;

-fakultet talabalarini auditoriya mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to‘ldirish maqsadida fanlardan mustaqil ish soatlarini amalga oshirish uchun chora tadbirlar belgilaydi;

-fakultet ixtisosliklari bo‘yicha belgilangan Nizomga asosan ochiq ma’ruzalar tashkil qiladi.

Foydali Manzillar