Filialni boshqarish

Filialni boshqarish

1. Filialni boshqarish jamoatchilik boshqaruvini uyg‘unlashtirish tamoyili asosida Filial direktori tomonidan amalga oshiriladi.

Filial direktori Institut rektori tavsiyasiga ko‘ra Qo‘mita raisi tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Direktor o‘rinbosarlari belgilangan tartibda Qo‘mita raisi bilan kelishilgan holda Institut rektori tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Fakultet dekani Instituti rektori bilan kelishilgan holda Filial direktori tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Filial direktori mazkur Filialning faoliyatiga, shuningdek, ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari hamda mazkur Ustavda belgilangan majburiyatlar uchun to‘la mas’uldir.

Filial direktori qonunda belgilangan tartiblarga muvofiq Filial nomidan ish olib boradi, barcha idoralar, muassasalar, korxonalarda uning vakili sifatida qatnashadi, Filialning mol-mulkiga mas’ullik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi, bank muassasalarida Filialning hisob raqamlarini ochadi, moliyaviy mablag‘lardan o‘rnatilgan tartibda foydalanish bo‘yicha farmoyishlar beradi.

Filial direktori vakolati doirasida:

Filialning barcha xodimlari, talabalari va boshqa ta’lim olayotganlar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va topshiriqlar beradi;

Qo‘mita bilan kelishilgan holda bosh hisobchi va bosh hisobchi o‘rinbosari-auditorni lavozimiga tayinlaydi hamda lavozimidan ozod qiladi;

direktor o‘rinbosarlari lavozimiga nomzodlarni tavsiya etadi va o‘rinbosarlar, dekanlarning muayyan vazifalari hamda mas’uliyatlarini belgilaydi;

Filial xodimlari va xizmatchilarini, shuningdek ilmiy-pedagogik xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ishga olish va bo‘shatishni amalga oshiradi;

Filial yuridik xizmati xodimlarini tegishli adliya organi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;

Filial tarkibiga kirgan ilmiy tadqiqot, tajriba-eksperimental hamda boshqa tashkilot va bo‘linmalarning vazifalarini belgilaydi va ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

Filial xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar
va qo‘shimchalarni belgilangan tartibda belgilaydi (direktor va direktor o‘rinbosarlari bundan mustasno);

kasaba uyushma qo‘mitasi yoki Filialning boshqa vakolatli organi bilan kelishgan holda Filialning Ichki tartib qoidalarini tasdiqlaydi;

Filialda Namunaviy shtat birliklariga muvofiq ajratilgan mablag‘lar hamda ish haqi fondi, tasdiqlangan Filial xodimlarining soni va lavozim maoshlari, tarif setkasi doirasida Filialning shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;

“Oliy ta’lim muassasasining kafedrasi to‘g‘risidagi namunaviy Nizom” talablaridan kelib chiqqan holda Filial Kengashining tavsiyasiga ko‘ra Institut bilan kelishilgan holda kafedralar tashkil etiladi yoki tugatiladi.

Filial direktoriga o‘zi ishlayotgan oliy ta’lim muassasasida va undan tashqarida haq to‘lanadigan boshqa rahbarlik lavozimida o‘rindoshlik bo‘yicha ishlashga ruxsat etilmaydi. Direktor o‘z vazifalarini o‘rindoshlik bo‘yicha bajarishi mumkin emas.

2. “Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq Filialda faoliyatning asosiy masalalarini ko‘rish uchun Kengash tashkil etiladi.

Kengash tarkibiga direktor, direktor o‘ribosarlari, fakultetlar dekanlari hamda mutaxassislar tayyorlovchi kafedra mudirlari, shuningdek, talabalar va oliy ta’lim muassasasi xodimlari kasaba uyushmasi kengashi vakillari hamda Filialning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi kiradi. Filial direktori Filial kengashi raisi hisoblanadi. Kengashning boshqa a’zolari umumiy majlisda yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan Kengashga saylanadiganlar soni Filial direktori buyrug‘i bilan belgilanadi.

Filial Kengashi filialning umumiy rahbarligini amalga oshiradigan kollegial organ hisoblanadi.

Filial kengashi o‘z faoliyatini kengash raisi tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida yuritadi.

Kengashning qarori, agar ovoz berishda Kengashning tasdiqlangan tarkibidagi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Kengashning ovoz berishda qatnashgan a’zolarining ko‘pchilik ovoz olgan biroq kamida 50 foiz ovozi bo‘lsa, qaror qabul qilingan deb hisoblanadi. Kengash qarorlari tavsiyaviy tusdagi hujjat hisoblanadi hamda direktor buyrug‘i bilan tatbiq etiladi.

3. Filial Kengashining vakolatlari:

konferensiyalarni tashkil etish, shuningdek uning o‘tkazilishi bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

Filialni rivojlantirishni asosiy istiqbolli yo‘nalishlarini, shu jumladan uning ta’lim va ilmiy faoliyatini belgilash;

o‘quv jarayonini tashkil etishning asosiy masalalari, shu jumladan, o‘quv rejasini tuzish, talabalarni qabul qilish, o‘qitish, yakuniy nazoratlar bo‘yicha talabalarni o‘zlashtirish kabi masalalarni ko‘rib chiqish;

moliyaviy-xo‘jalik faoliyati rejasini va Filialni rivojlantirish dasturini ko‘rib chiqish;

Filial direktorining yillik hisobotlarini tinglash;

ta’lim masalalari, ilmiy-tadqiqot masalalari bo‘yicha axborot tahliliy, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini va shuningdek institut filialining xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha qarorlarini qabul qilish;

Filial Kengashining ish rejasini tasdiqlash;

Filial professor-o‘qituvchilaridan nomzodlarni ilmiy unvonlar olishga tavsiya qilish;

Filialning faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘limlarni tashkil etish
va tugatish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish. Ishlab chiqilgan takliflarni
Institut rahbariyatiga taqdim etish;

Filialda pedagog-xodimlarni tanlovini tashkil etish va o‘tkazish;

Filial xodimlarini belgilangan tartibda Davlat mukofotlariga tavsiya berish;

Filialda talabalar uchun stipendiya masalalarini tartibga soluvchi qoidalarni ko‘rib chiqish;

Davlat stipendiyalariga talabalar nomzodlarini ko‘rib chiqish va tavsiya qilish.

4. Filialda Vasiylik kengashi filialni boshqaruvchi jamoatchilik organi sifatida tashkil etiladi va uning tarkibiga ixtiyoriy ravishda qo‘mita, vazirlik, mahalliy hokimiyat, ishbilarmonlar, muassasa va jamoatchilik tashkilotlari, jamg‘arma va vasiylar hamda boshqa ta’lim muassasalarining vakillari kiritilishi mumkin.

Vasiylik kengashini shakllantirish vakolatlari, tarkibi va faoliyati Vazirlar Mahkamasining “Vasiylik kengashi to‘g‘risida” 2014 yil 22 sentyabrdagi 269-sonli qarori bilan belgilangan. Vasiylik kengashi Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali direktori vazifasini bajaradigan muddatga tayinlanadi.

5. Filialda samarali jamoatchilik nazoratini joriy etish maqsadida talabalar, ota-onalar, Yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi faollari, kadrlar buyurtmachilari, professor-o‘qituvchilar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat tarkibda jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi.

Quyidagilar jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari etib belgilanadi:

ta’lim sifati, professor-o‘qituvchilarning bilimi va pedagogik mahorati, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o‘rnatish;

oliy ta’lim muassasalariga professor-o‘qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar bo‘yicha tavsiyalar berish;

talabalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning pedagog kadrlar haqidagi fikrini to‘liq o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;

oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va muassasaning tegishli kengashi muhokamasiga kiritish.

Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.

6. Filialda kasaba uyushmasi va boshqa jamoatchilik tashkilotlari faoliyat ko‘rsatadi.

Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning huquqiy manfaatlarini himoyalashni kasaba uyushmasi markaziy kengashi hamda ularning Filial saylangan vakili amaldagi qonunchilik asosida o‘z ish faoliyatini olib boradi.

7. Fakultet dekani o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008 yil 30 may 159-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasi fakulteti to‘g‘risida”gi Nizom asosida tasdiqlanadigan “Filialning fakulteti to‘g‘risida”gi Nizomga amal qiladi. Fakultetda kengash tashkil etiladi. Kengashning tarkibi, vakolatlari, shakllantirish va faoliyatining tartibi “Oliy ta’lim muassasasi fakultetining Kengashi to‘g‘risida”gi Nizom bilan belgilanadi.

8. Kafedra faoliyatiga tanlov asosida institut filialining Kengashi tomonidan saylanadigan kafedra mudiri rahbarlik qiladi. Kafedra mudirining vakolatlari
va kafedra faoliyatining tartibi “Oliy ta’lim muassasasining kafedralari to‘g‘risida”gi nizom asosida va xizmat majburiyatlari bilan belgilanadi.

Foydali Manzillar