Oliy o'quv yurtlarida yangi o'quv yili mustaqillik darslari bilan boshlandi

Oliy o'quv yurtlarida yangi o'quv yili mustaqillik darslari bilan boshlandi

Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialida talabalar  uchun “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.Ma'lumki,  barcha oliy ta'lim muassasalarida yangi 2021-2022 o'quv yili “Mustaqillik darsi” bilan boshlandi. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari  Jabborov Shuxrat Abdumajidovich, qo'mitaning “Innovatsion faoliyat, fan va ta'lim sohasini rivojlantirish boshqarmasi” boshlig'i Tursagatov Jaxongir Mamatovichlar hamkorligida Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali talabalari uchun “Mustaqillik darsi” tashkil etildi. Mazkur  darsda filial direktori B.Madartov, direktor o'rinbosari G'.Mengliyev va professor-o'qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. “Mustaqillik darsi”ni filial direktori B.Madartov kirish so'zi bilan ochib berdi. Bevosita muloqot davomida qo'mita raisi o'rinbosari  Jabborov Shuxrat Abdumajidovich so'nggi  yillarda yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar, veterinariyada  erishilgan  yutuqlar haqida batafsil ma'lumot berib o'tdi. Ochiq dars qizg'in savollarga boy bo'ldi hamda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.


Foydali Manzillar