Yoshlar kuniga direktor tabrigi.

Yoshlar kuniga direktor tabrigi.

Assalomu alaykum!
Yangi O’zbekiston yoshlari!

Barchangizni qadrli va qutlug' bayramingiz – Yoshlar kuni bilan samimiy va chin yurakdan muborakbod etaman. Bugungi kunda mamlakatimizda yangi Oʻzbekistonni barpo etishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda azmu shijoatli yoshlarimizning oʻrni va taʼsiri tobora ortib borayotgani hammamizni quvontiradi. Hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida millionlab yoshlarimiz shijoat va sadoqat bilan xizmat qilmoqdalar.
Yurtimiz kelajagi, Vatan ravnaqi, xalqimiz uchun tinch va farovon hayot yaratish, albatta, siz-yoshlarning qo’lingizdadir. Bugungi kunda yoshlar masalasiga e’tibor davlat siyosati darajasida ko’rilayotganligi hech birimizga sir emas. 
2021-yilning "Yoshlarni qo'llab - quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" deb e'lon qilinishi ham yoshlarga qaratilayotgan ishonch va imkoniyatlarning isbotidir.
Shu muqaddas ishonch va mas'uliyatni har tomonlama oqlash, unga munosib bo‘lish – har biringizga nasib qilsin.
Aziz va qadrli yoshlar, barchangizni unitilmas bayramingiz – Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilayman!


Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali direktori, fan doktori, professor  B.Madartov


Foydali Manzillar