"Jaholatga qarshi ma'rifat"

"Jaholatga qarshi ma'rifat"

7 aprel kuni "Jaholatga qarshi ma'rifat" shiori ostida "Ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lmagay" mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi. O'qituvchi-xodimlar va talaba yoshlar uchun tashkil etilgan mazkur tadbirda diniy e'tiqod erkinligi, Islom dini ta'limotini to'g'ri talqin etish, Islom dinida tarbiya va ta'limning ulug'langanligi, yod oqim va g'oyalardan ogoh bo'lishlik kabi yana bir qancha masalalar haqida ma'ruzalar o'qildi. Dinga oid manbalardan foydalanishda Musulmonlar idorasi tomonidan tasdiqlangan adabiyotlarni foydalanish mumkinligi aytildi.
Xalqaro Islom  akademiyasidan Jahongir Meliqo'ziyev bilan birgalikda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasidan Hayitboy Xolmirzayev, Gulchehra Eshonova, Nargiza Madaminova va Xalima Qadirova ma'ruzalar bilan ishtirok etishib, talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

 

 

 

 


Foydali Manzillar