VETERINARIYA SOHASI QAHRAMONI

VETERINARIYA SOHASI QAHRAMONI

Veterinariya sohasi qahramoni.

Yurtimizda veterinariya sohasida mehnat qilib, ushbu soha rivoji uchun o`z hissasini ko`rsatgan zahmatkash insonlarimiz ko`p. Ushbu maqolamiz qahramoni bugungi kunda yuzlab shogirdlarga ega Samarqand Veterinariya Meditsinasi Instituti katta o`qituvchisi Saidmuhammadzokir Asqarxo`jayevdir. Bu kishining hayoti va umr yo`llari har bir yosh avlod uchun namuna sifatida ko`rsatsak, mubolag`a bo`lmaydi. Asqarxo`jayev Saidmuhammadzokir Saidanvarxoji o`g`li 17-mart 1956-yili Toshkent viloyati Chinoz tumani, Eski Toshkent qishlog`ida tug`ilgan. 1963 yili o`rta maktabga borib, a`lo baholar bilan 1973 yili tamomlagan. “O`quvchilik paytimda maktabda vokal instrumental ansambilini tuzganman, nomini Drujba deb atagandik. Tanlovlarda qatnashib, Viloyat bosqichlarigacha borganmiz” deb eslaydi bolaligi haqidagi suhbatlarida. 1973 yili Toshkent Kabel zavodi „Paxtakabel“ filialiga ishchi bo`lib ishlagan. 1974 yili Toshkent viloyati, Oqqo`rg`on tumani, Tuman veterinariya laboratoriyasiga qarashli veterinariya sanitariya ekspertiza laboratoriyasida laborant bo`lib ishlab, keyinchalik Rossiya Federatsiyasi Chelyabinsk viloyati Troitsk shahridagi Veterinariya institutiga kirib va uni 1979 yili tamomlagan.

1979 yil Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani „O`zbekiston besh yilligi“ sovhozida veterinariya shifokori bo`lib, 1980 yil Quyichirchiq tumani, Toshovul veterinariya uchaskasida mudir vazifasini bajargan.

1981 yili Quyichirchiq tuman veterinariya laboratoriyasida vetrinarniy vrach seralog bo`lib, 1983 yildan 1999 yilgacha Quyichirchiq tuman bosh veterinariya shifokori lavozimida ishlagan. Shular ichida tumanda 10 kolxoz, 5 savxoz, 1 cho`chqa kompleksi mavjud edi.

 

 

Tumandagi har bir qoramol boshni erinmasdan brutselyoz va tuperklyozga tekshirib chiqib, shu tekshiruvlar natijasida xo`jaliklaridagi 30-50% brutselyoz va tuperklyoz kasalliklariga chalingan ekanligini aniqlangan. Ushbu vaziyatda qahramonimiz „Bu xo`jalliklarda kasal mollarni tanalarida sog`lomlashtirish uchun juda ko`p qiyin vaziyatlar yuzaga keldi, chunki ular juda ko`p sut berishar edi, yani mahsuldor mollar edi. Sobiq savet davrida men kompartiya a`zosi edim. Meni necha bor tuman partiya byurosiga qo`yib ishdan olmoqchi edilar, lekin qonun ustuvorlik qilib ishlayverdim chunki bu kasalliklarni oldini olib hamda davolab, xalq sog`ligini saqlashni birinchi vazifam deb bildim. Bu kasal mollarni sutini ichgan har bir inson tuberklyoz va brsulyoz kasalligiga chalinib umrbod nogiron bo`lib qoladi va undan bo`lgan farzandlari ham nogiron bo`lib tug`iladi. Shu kasaldan xo`jalik mollar sog`lomlashtirish uchun juda ko`p chora tadbirlar ishlab chiqildi va davlat qarori qabul qilindi. Tuberklyozga qarshi mollarga tubazid degan vaksina preparatini ishlatdik. Brutselzoy kasalligiga qarshi vaksina ShTAMM 19 va Fransiyada ishlab chiqilgan Abbortoks 45-20 voksinasini ishlatdik. Bu vaksina birinchi bo`lib, O`zbekiston Respublikasida men qo`llagan edim. Moskivalik mutaxasislar bilan 8-10 yil ichida xo`jaliklarni tuberklyoz va brutselyoz kasalliklaridan sog`lomlashtirdik“ deb ta`kidlaydi o`sha vaziyatdagi og`ir tanazzul vaqtidagi qahramonimiz xotiralaridan.

"1989 yili O`zbekiston Respublikasiga birinchi bo`lib, Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani O`zbekiston besh yillik savxoziga 600 bosh nasldor g`unojinlar olib kelindi. Mana shu nasldor mollarni saqlab va ko`paytirish uchun juda ko`p sabr mehnat talab qilinardi. Bunga juda ko`p mehnat singanlardan qishloq xo`jalik vrachi Jurabekov Ismoil Hakimovich, Respublika veterinariya bosh boshqarmasi boshlig`i Nodirov Salim Ashurovich, Saidqulov Bostonqul Saidqulovich, Toshkent viloyati bosh veterinariya vrachi Arifjanova Muxabbat Qobulovna va Respublika, viloyat, tuman va xo`jalik veterinariya xodimlari bilan xo`jaliklarimizni sog`lomlashtirib oldik. 1990 yili men Moskiva UmumIttifoq chorvachilik institutiga biologiya fanlari doktorligi uchun aspiranturaga kirdim. 1988 yil Umumxalq davlat nazorat biopreparatlar institutiga veterinariya sohasi nomzodligi uchun aspiranturaga qabul qilindim." deb ta`kidlaydi ustoz.

1990- yili Germaniya Federeativ Respublikasining Bavariya Qishloq xo`jaligi vazirligining tajriba almashuv dasturi bo`yicha malaka oshirib kelgan.

2000-yili Toshkent shaxar veterinariya boshqarmasiga qarashli Eski Juva bozorida VetSanEkspertiza laboratoriyasi mudiri lavozimida, 2001- yil Yunusobod tumani Veterinariya bo`limida Epizootolog vrachi, 2002-yili O`rta Osiyo O`ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasi serologiya bo`limi mudiri, 2003- yili O`zbekiston – Gollandiya qo`shma korxonasi bosh direktori lavozimida ishlagan.

2004- yili O`zbekiston Respublikasi Prezident devoni Ishlar boshqarmasi Uy-joy kommunal xo`jaligi kompleksi boshlig`i, 2005- yili O`zbekiston Respublikasi Veterinariya bosh Boshqarmasi epizootik bo`limi boshlig`i, 2006-yildan 2018-yilgacha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ma`muriy binolardan foydalanish boshqarmasi yetakchi mutahassisi vazifasida faoliyat olib borib kelgan.

2018-2020 yili Toshkent Davlat Agrar universititeti Umumiy Zootexniya kafedrasi assistenti bo'lib ishlagan, 2020 - yildan hozirgacha Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filialida katta - o'qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 100 dan ortiq maqolalar muallifi.

Oila a'zolaridan otasi Asqarov Saidanvarxon veterinar shifokori. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, urush davrida veterinariya shifokorlik qilib o`z mehnati bilan ko`p davlat mukofotlari sovrindori bo`lgan. Akasi Asqarov Muhammad Sobir veterinariya shifokori, 50 yildan oshiq Toshkent viloyati veterinariya va chorvachilikni boshqarib keldilar. Ukam Asqarov Saidkarim Yangiyo'l tumani bosh veterinariya shifokori Toshkent viloyati chorvachilik bo'lim boshlig'i lavozimida ishlab kelmoqda. Koreya Respublikasi va Amerika Qo'shma Shtatlarida malaka oshirib kelgan.

Bugungi kunda yurtimizda bu kabi insonlar mehnati bilan veterinariya sohasi rivoj topmoqda. Saidmuhammadzokir Asqarxo`jayev umrini shu sohaga bag`ishlab, bugungi kunda o`z bilim va tajribalarini kelajak avlodga o`rgatmoqda. Doimo hushfe`l, kamtar va o`z kasbining sidqi dildan bajaruvchi ustasi sifatida bu inson o`z hamkasblari orasida alohida hurmatga sazovor. 500dan ortiq yoshlarga ustozlik qilgan, bugungi kunda 30 dan ziyod shogirdlari yuqori lavozim va martabalarga erishgan. Shu bois har bir shogirdlari ustozi Saidmuhammadzokir Asqarxo`jayevdan behad minnatdor. El ardog`idagi ushbu inson hayoti va mehnat samarasi har birimiz uchun o`rnak bo`lmog`i darkor.


Foydali Manzillar