VETERINARIYA SOHASIDA TABIIY VA IJTIMOIY FANLARNING O`RNI MAVZUSIDAGI ILMIY- AMALIY KONFERENSIYA BO`LIB O`TDI

VETERINARIYA SOHASIDA TABIIY VA IJTIMOIY FANLARNING O`RNI MAVZUSIDAGI ILMIY- AMALIY KONFERENSIYA BO`LIB O`TDI

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filialida joriy yilning 30 mart kuni "Veterinariya sohasida tabiiy va ijtimoiy fanlarning o'rni" mavzusida I-masofaviy ilmiy- amaliy konferensiyasi yuqori saviyada tashkil etildi.


 
Konferensiya quyidagi sho'balar ostida o`tkazildi:
1-Veterinariya sohasida tabiiy va ijtimoiy fanlarning erishilgan yutuqlari hamda huquqiy, etnik va falsafiy muammolari.
2-Qishloq xo'jaligi va veterinariya sohalari bo'yicha malakali kadrlar tayyorlashda xorijiy tillarni o'qitishning roli.
3-Zooinjeneriya, veterinariya, baliqchilik, asalarichilik va parrandachilik sohalarini rivojlantirishda ilm fan yutuqlari va muammolari.
4-Veterinariya sohasida hozirgi kunda mavjud kasalliklarning oldini olish chora tadbirlari.
5-Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti. Qishloq xo'jalik va veterinariya sohalarida innovatsion texnologiyalarning o'rni va ahamiyati.

Ushbu sho'ba yo`nalishlari bo`yicha soha yetakchi olimlari o`z nutqi bilan ishtirok etib, yuzaga kelgan savollarga javob berishdi. Konferensiya davomida yuqori saviyada muloqot almashinuvi yo`lga qo`yildi.

 


Foydali Manzillar