Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filialida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filialida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filialida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Kim yurtiga sodiq bo‘lsa mendirman o‘sha” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bobomiz “Bu dunyoda er yigitning eng buyuk, ezgu va muqaddas vazifasi, avvalo oʻz oilasi, Vatani hamda xalqini munosib himoya qilishdan iboratdir”, deb bejiz aytmaganlar.

Mustaqil Oʻzbekistonning ertangi kelajagi, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida kechayu-kunduz tinmay xizmat qiladigan kasb egalari – bu Vatan himoyachilari, mard oʻgʻlonlarimiz hisoblanadi.

Ona Vatanning har bir qarich yeri muqaddasdir. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprogʻini koʻzlariga toʻtiyo aylagan, qayerga borsa ham Vatan yodi bilan nafas olishgan.

Barchamizga ma’lumki, har yili 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” mamlakatimizda keng nishonlanadi. Bugun 13-yanvar sanasida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filialida ham ushbu sana munosabati bilan “Kim yurtiga sodiq bo‘lsa mendirman o‘sha” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 

Unda institut professor o‘qituvchilari, talabalar hamda Zangiota tumanidagi 15361 harbiy qism ishtirok etdi. Filial direktori qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Bahrom Madartov “Vatan himoyachilari” kuni munosabati bilan barchani samimiy muborakbod etib, o‘tgan chorak asr mobaynida Qurolli Kuchlarimiz tarixida muhim ishlar amalga oshirilganligi, armiyamizga sog‘lom, baquvvat, mard, Vatanga sadoqatli yoshlar jalb etilayotgani, Vatanni qo‘riqlash, unga xizmat qilish nafaqat er kishining, balki barchamizning oliy maqsadimiz ekani, qolaversa, Vatan himoyasi nainki chegaralarimiz, balki maʼnaviy sarhadlarimiz himoyasi ham ekanligini ta’kidladi.

 

Darhaqiqat, o‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, sarhadlarimiz dahlsizligini ishonchli himoya qilish borasida taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir bo‘lgan, ixcham, tezkor, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlangan milliy armiyamizni barpo etish bo‘yicha ko‘lami va mohiyatiga ko‘ra haqiqatdan ham ulkan ishlar tizimli ravishda bosqichma-bosqich amalga oshirilganligini alohida ta’kidlash lozim.

Tadbir davomida filial talabalari tomonidan turli sh’erlar va askar qo‘shiqlari jonli ijro etildi.

15361 harbiy qismning mard va jasur o‘g‘lonlari hamda institutning iqtidorli talabalari tomonidan turli harbiy chiqishlar, askarlarning jangovor usullari aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlar e'tiboriga havola etildi va bu chin ma’noda tadbirga ko‘tarinkilik, bayramona kayfiyat olib kirdi.

 


Foydali Manzillar