Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filialida “Milliy libos-ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filialida “Milliy libos-ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filialida “Milliy libos-ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali professor o‘qituvchilari, Zangiota tumani “Katta chinor” MFY raisining oila va xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosari Gulnora Nasriddinovna hamda talabalar ishtirok etishdi.Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘zbek xalqi uchun umuminsoniy ma’naviyat bilan birga milliy ma’naviyat va uning boyliklari ham g‘oyat qimmatli ekanligini, bularga o‘zbek xalqining o‘zi yaratgan, saqlab kelayotgan, avloddan-avlodga o‘tib, boyib, sayqal topib, rivojlanib borayotgan madaniy boyliklar, shu jumladan milliy liboslar, ajdodlardan qolgan axloqiy an’ana, marosimlar isbot bo`lishini va shu bilan birga bugun xalqimizning milliy liboslariga xorijliklar ham katta qiziqish bildirayotganligini ta’kidlashdi.

Darhaqiqat, milliy libos millat, manaviyatimiz ko‘zgusi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi. Ularda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va ananalari, didi, estetik qarashlari mujassam bo‘ladi. Atlas, adras, beqasam singari matolardan tikilgan milliy liboslarimizning ko‘rkam va xushbichimligi, o‘ziga xosligi har qanday kishini hayratga solmay qo‘ymaydi. Sababi ularda o‘zbek ayollariga xos ibo-hayo aks etadi. Tadbirda namoyish etilgan liboslardagi zamonaviylik va milliylik, taqinchoq va akssesuarlarning matolar rangiga uyg‘unligi ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Ayniqsa, atlas, adras, beqasam singari matolardan tikilgan milliy liboslarning ko‘rkam va xushbichimligi, o‘ziga xosligi alohida e’tirof etildi.

Milliylik aks etgan ushbu tadbirda iqtidorli yigit-qizlar tomonidan doira, dutor kabi cholg‘ularda ijro etilgan xalq kuylari, o‘zbekona ashulalarga sahnalashtirilgan raqslar haqiqiy bayramona qiyofa kasb etib, qishning sovuq kunlarida yig‘ilganlar qalbiga iliqlik olib kirdi.

Tadbir so‘ngida o‘zining ijod namunalari bilan faol ishtirok etgan bir guruh talabalar institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

 

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali matbuot xizmati.


Foydali Manzillar