Hojiev Xayrulla G‘ulomqodirovich

Hojiev Xayrulla G‘ulomqodirovich

Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi boshlig`i

SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI TOSHKENT FILIALI Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi boshlig`ii

 Hojiev Xayrulla G‘ulomqodirovich 

Tel: (90) 127-66-09

Email: hgxayr@mail.ru

Qabul vaqti: Seshanba 15:00-18:00

Juma 15:00-18:00

Qisqacha maʻlumot:

X.Hojiyev 1976 yil 29 yanvar kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida tug‘ilgan.

1998 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish instituti “Kasbiy ta’lim” yo’nalishini tamomlagan.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi a’zosi

Ilmiy va pedogogik mehnat faoliyati:

1998-2002 yy “Zangiota tuman gaz ta’minoti” idorasida nazoratchi-inspektor.

2003-2018 yy Zangiota Agroservis kasb-hunar kollejida maxsus fan o’qituvchisi

2018-2020 yy Zangiota Agroservis kasb-hunar kollejida o’quvishlari bo’yicha direktor o’rinbosari

2020-2020 yy SamVMI Toshkent filialida o’quv –uslubiy bo’lim inspektori

2020-2020 yy SamVMI Toshkent filialida Ta’lim sifatini nazorat qilishi bo’limi boshlig’i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi.

Ilmiy yo‘nalishlari:

Talabalarni integrativ-differensial yondashuv asosida amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish metodikasi 13.00.02. (Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi)

Pedagogik faoliyati (birinchi kursdan maʻruza o‘qiydi)

Chorvachilikni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish maʻruza

Chorvachilikni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish amaliy

Chorvachilikni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish laboratoriya

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozim vazifalari:

  • Bo‘lim faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Inspeksiya boshlig‘I va OTM rektori buyruq va ko‘rsatmalari asosida tashkil etish;
  • Bo‘limning joriy va istiqbolli ish rejalarini ishlab chiqish;
  • Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
  • OTMda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;
  • OTM talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;
  • Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
  • Kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
  • OTMni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni OTM rektoriga hamda Inspeksiyaga taqdim etish;
  • Ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
  • Ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
  • OTMning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akdemik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oily o‘quv yurtidan keying ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha OTM rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • OTM professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan faniga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni institut rektoriga ma’lum qilish;
  • Ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;
  • OTMda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
  • Inspeksiyaning topshirig‘iga binoan OTMlar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;
  • Attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda OTMda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
  • Bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va OTM hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;
  • OTM reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora tadbirlarni oily ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
  • OTM tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlar va treninglar o‘tkazish;
  • O‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;
  • OTM Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;
  • Bo‘lim xodimlarining lavozim vazifalari bo‘yicha topshiriqlarni bajarish natijalariga ko‘ra ularni rag‘batlantirish yoki intizomiy chora ko‘rish haqida Inspeksiyaga va OTM rahbariyatiga o‘rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritish;
  • Ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida bo‘limga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.

Malaka talablari:

  • Oliy ma’lumotli, ilmiy darajaga yoki ta’lim sohasida muayyan tajribaga (nazariy, tashkilotchilik va boshqaruv qobiliyati jihatidan) ega bo‘lishi;
  • Ta’lim sohasiga oid qonun va qonunosti hujjatlarini, asosiy me’yoriy huquqiy hujjatlarni bilishi va ularni amalda qo‘llay olishi;
  • Ta’lim muassasalaridagi pedagogik va ta’lim- tarbiya jarayonini bilishi, ta’lim sifatini baholash komponentlaridan xabardor bo‘lishi;
  • OTMning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati xususiyatlarini bilishi;
  • Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogic usullarni qo‘llash va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga oid bilimlardan xabardor bo‘lishi;
  • O‘quv, ilmiy– tadqiqot va ma’naviy- ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarning mazmun – mohiyatini to‘liq tushunishi, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini tayyorlash va ularga OO‘MTVning grifini olish tartibini bilishi;
  • OTM professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini bilishi;
  • O‘zbek, rus tillarini va xorijiy tillardan birini mukammal bilishi (shtat birligini shakllantirishda xodimning xorijda malaka oshirganligini inobatga olish maqsadga muvofiq);
  • Ish faoliyatida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni lozim darajada bilishi.

Foydali Manzillar