Mengliev G‘ayrat Akromovich

Mengliev G‘ayrat Akromovich

Direktor o'rinbosari (Prorektor)

SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI TOSHKENT FILIALI Direktor o'rinbosari (Prorektor)i

Mengliev G’ayrat Akramovich

Veterinariya fanlari nomzodi, dotsent (2010y.),

Boshlang‘ich ma’lumotlar:

Tel: 998 (70) 975-81-62

Faks: 998 (70) 975-81-62

E-mail: drgayrat2@mail.ru

Qabulvaqti: Dushanba 15:00-18:00

Payshanba 15:00-18:00

Qisqacha ma’lumot:

G’.Mengliev 1969 yil 08 yanvar kuni Jizzax viloyatida tug‘ilgan.

1993 yilda Samarqand Qishloqxo’jalig instituti veterinariya fakultetini tamomlagan.

Bugungi kunga qadar 50 dan ortiq ilmiy maqola, 10 ga yaqin uslubiy ko‘rsatmalar, bakalavriatura va magistratura yo‘nalishlari uchun 4 ta fandan elektron o‘quv-uslubiy majmualari mavjud. 50 dan ortiq bakalavr bitiruv malakaviy ishlarga rahbarlik qildi.

Ilmiy va pedogogik mehnat faoliyati:

1993-1996 yy. –Samarqand viloyati, Chelak tumani veterinariya bakteriologiya laboratoriyasi laborant bakteriologi.

1996-1996yy. – Toshkent shaxar Davlat veterinariya boshqarmasi hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi kurash otryadining veterinar vrachi.

1996-1997yy. – Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani veterinariya bo’limi veterinar vrach epizotolog.

1997-2003yy. –O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralarida ishlagan.

2003-2006yy. - O’zbekistonVeterinariya ilmiy tadqiqot instituti aspiranti.

2006-2006yy. - O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy veterinariya laboratoriyasida veterinar vrach bakteriolog.

2006-2007 yy -O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi “Markaziy oziq-ovqat omborxonasi” veterinariya sanitariya ekspertiza laboratoriyasi boshlig’i.

2007-2011 yy. - Toshkent viloyati Qibray tumani Davlat vetirinariya laboratoriyasi direktori.

2011-2013yy. - QUANTA FARM Masuliyati cheklangan jamiyati veterinariya vrachi.

2013-2018yy. - Toshkent Davlat agrar unversiteti vetirinariya kafedrasi mudiri.

2018-2020 yy -Toshkent Davlat agrar unversiteti umumiy zootexniya kafedrasi dotsenti.

2020 yil 14- iyuldan boshlab – Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari.

 

Ilmiy yo‘nalishlari:

  • Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizoologiyasi, immunologiyasi, mikologiyasi va mikotoksikologiyasi.

Pedagogik faoliyati (qaysi kursdan ma’ruza o’qiydi)

Vetirinar vrach 10 yildan buyon (1-4 kurslar)

Lavozim vazifalari

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;
  • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalari, o‘quv jarayoniga oid masalalar bo‘yicha OTM iImiy kengashi qarorlari va direktor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • O‘quv jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Faoliyat yo’nalishi bo’yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish:
  • O‘quv va o‘quv-uslubiy ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • O‘quv jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
  • Tegishli bo‘limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • O‘tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor- o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
  • O‘quv- amaliy konferensiyalarni tashkil etish, SVMI TF o‘quv-uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
  • O‘quv- uslubiy ishlarga oid adabiyotlarni SVMI TF professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda institutning barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Professor-o‘qituvchilar va o‘quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
  • Bo‘sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, magistrlarni ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
  • Ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oily ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Boshqa oily ta’lim muassasalari bilan o‘quv-uslubiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;

Foydali Manzillar